Klinik loyiha
Xiva TTB uchun zamonaviy MSKT (CT 16) tizimi o‘rnatildi
Hududiy diagnostika imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yana bir muhim loyiha
- E’lon qilingan

Loyiha haqida
MEDICOM hamkorligida Xorazm viloyati, Xiva tumanidagi tibbiyot birlashmasida zamonaviy MSKT (Multi Slice Kompyuter Tomografiyasi) tizimi muvaffaqiyatli o‘rnatildi va ishga tushirildi.
MinFound ishlab chiqaruvchisining CT 16 modeli yuqori aniqlikdagi tasvirlar, tezkor skanerlash va ishonchli ishlash ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Ushbu loyiha hududiy shifoxonada zamonaviy radiologik diagnostika xizmatlarini kengaytirish imkonini berdi.
Uskuna to‘liq o‘rnatildi, sozlandi va ishga tayyor holatda topshirildi.


